Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaro 2 kilogrammdan ortiq marixuana bilan ushlandi
2017 yilning 17 avgust kuni taxminan soat 16:00 larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, Mirobod tumanida joylashgan mebellar do‘koni yonida fuqaro Aleksey Fomenko to‘xtatilib, undan keyinchalik o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgan, og‘irligi 2 kilogramm 161,33 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, ozginadan ko‘proq miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
08:25 / 18.03.2026