Sport | 11:39 / 20.08.2017
16673
1 daqiqa o‘qiladi
Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlaridagi Polsha bayrog‘i Indoneziyaning g‘azabiga sabab bo‘ldi
29-Janubi-Sharqiy Osiyo O‘yinlari tashkilotchilari maxsus bukletlarni tayyorlashda Indoneziya bayrog‘i bilan bog‘liq qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi, deb xabar bermoqda RT.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tasvir teskari bo‘lib qolgan, hamda broshyurada Polsha bayrog‘ining aks etishiga olib kelgan. Indoneziya vakili Erik Tohir tashkilotchilar xatosidan darg‘azab bo‘ldi hamda bukletlarni qaytadan tayyorlashni talab etdi.
Chop etilgan materiallar ochilish marosimi vaqtida alohida nufuzga ega mehmonlar o‘rtasida tarqatilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar Malayziyada bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
11:40
O‘zbekistondan Malayziya bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi
14:10 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida maslahatlashuvlar qo‘mitasi tashkil etiladi
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
16:14 / 31.08.2024