Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini ma'qullab chiqdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Vashingtonning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini yoqlab chiqdi, deb xabar berilgan alyans saytida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga Amerikaning 4 ming askarini yuborish haqidagi farmonni tasdiqlagandi.
«NATO Afg‘onistonga to‘liq tarafdordir, hamda men bizning AQSh mudofaa vaziri Mettis va bizning ittifoqchilar hamda xalqaro sheriklar bilan kelajakdagi harakatlarimizni muhokamadan o‘tkazishni intiqlik bilan kutmoqdaman», - deyiladi bayonotda.
Stoltenbergning ta'kidlashicha, prezident Trampning Afg‘oniston va umuman mintaqa bo‘yicha yangi, ma'lum bir shartlarga asoslangan yondashuvini yoqlaydi.
NATO Afg‘onistonda taxminan 12 ming askarga ega. Alyans bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, 15 davlat bu mamlakatdagi o‘z harbiy kontingentini oshirishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
13:47 / 29.06.2026