Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘onistonga Amerikaning 4 ming askarini yuborish farmonini tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga yana 4 ming harbiy xizmatchini yuborishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Fox News telekanali manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan barqarorlashtirishga urinayotgan Amerikaning uchinchi yetakchisi bo‘ladi.
Donald Tramp shu munosabat bilan Toshkent vaqti 6:00 da millatga murojaat qildi.
Unda Oq uy yetakchisi Amerikaning Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan askarlari vakolatlarini kengaytirish terrorizmga samarali kurashda muhimligi haqida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Biz Afg‘onistonda zo‘ravonlik va tartibsizliklar urug‘ini sochayotgan terrorchilar va jinoiy to‘dalarga zarba berish uchun Amerika qurolli kuchlari vakolatlarini kengaytiramiz», — degan Tramp.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish bo‘shliq hosil qiladi. Bundan terrorchilar unumli foydalanishadi.
AQSh davlat rahbari, shuningdek, Pokistonni terrorchilarga boshpana berayotganlikda aybladi, deb yozmoqda RIA Novosti.
«Pokiston tartibsizlik, zo‘ravonlik va terror agentlariga tez-tez boshpana bermoqda», — degan Amerika yetakchisi telemurojaatida.
Bunda, Trampning ta'kidlashicha, Islomobod siyosati tahdid uyg‘otmoqda, chunki Hindiston va Pokiston «yadro quroliga ega davlatlar hisoblanadi va ularning munosabatlari mojaro darajasigacha rivojlanish ehtimoli bor».
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026