Jahon | 18:46 / 22.08.2017
5561
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada sobiq prezident Lex Valensaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: RIA "Novosti"

Polsha milliy xotira instituti mamlakat sobiq prezidenti Lex Valensaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U maxsus xizmatlar bilan hamkorlik masalasida yolg‘on guvohlik berganlikda gumonlanmoqda.

«Polsha radiosi»ning xabar berishicha, tergov boshlanishi haqida Polsha bosh prokurori o‘rinbosari Anjyey Pozorskiy ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Valensaning Polsha Xalq Respublikasi vaqtida maxsus xizmatlar bilan ehtimoliy hamkorligi bo‘yicha ko‘rsatmalari haqida bormoqda.

Avvalroq Polsha TIV rahbari Vitold Vashchikovskiy Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga Sovetlar Ittifoqi mas'ul bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid