Sovetlar Ittifoqi Germaniya bilan birgalikda Ikkinçi jahon uruşining boşlanişiga “jiddiy turtki bergan”. Bu haqda Polşa TIV rahbari Vitold Vaşçikovskiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Rzeczpospolita naşri.

«Şuni yodda tutiş lozimki, Sovetlar Ittifoqi Ikkinçi jahon uruşining boşlanişiga jiddiy turtki bergan va Polşaga xuddi Germaniya kabi bostirib kirgan. Şu tariqa, ular Ikkinçi jahon uruşining boşlanişiga mas'uldir», - degan Vaşçikovskiy.

Uning sözlariga köra, Sovetlar Ittifoqi Ikkinçi jahon uruşida “öz manfaatini közlab” iştirok etgan, sababi özi nemis tajovuzkorligi qurboniga aylangan.

Avvalroq Sovetlar Ittifoqi Hitler uruşga tayyorgarlik körayotganini hujumdan uç oy oldin bilgani ma'lum qilingandi.