Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘onistondan amerikalik harbiylarni zudtar olib chiqish imkonsizligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Afg‘onistondan amerikalik harbiylarni tezlik bilan olib chiqib bo‘lmaydi. Chunki, bundan terrorchi kuchlar foydalanib qolishi mumkin.
«Afg‘onistondan harbiylarni tezlik bilan olib chiqish to‘g‘ri emas. Bu hokimiyatda bo‘shliq hosil qiladi va bu bo‘shliqni terrorchilar to‘ldirishi mumkin», degan u harbiylar va xalqqa qarata.
Prezident shu bilan birga AQSh Afg‘oniston «terrorchilar uchun jannatga aylanishi»ga yo‘l qo‘ya olmasligini aytib o‘tgan.
Uning bildirishicha, AQSh Afg‘onistondagi strategiyasida vaqt bo‘yicha chegara qo‘ymaydi.
U shuningdek, AQSh Afg‘onistonda terrorchilarga qarshi kurash olib borayotgan harbiylari sonini oshkor qilmasligini aytgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma shtatlar terrorizmga qarshi kurashda afg‘on hukumatiga yordam ko‘rsatishda davom etadi, shu bilan birga bunday yordam abadiy bo‘lmaydi.
Bundan avvalroq Tramp Afg‘onistonga 4 ming askar yuborish haqidagi farmonini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026