Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:56 / 23.08.2017
3558
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Trampning Afg‘oniston bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi
Foto: AP
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘onistonda Amerika harbiy kontingentini saqlab qolish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Fransiya bu majburiyat muhim ekanini tan oladi va terrorizm bilan kurashni davom ettirishga qat'iy sodiq bo‘lib qoladi», - deyiladi tashqi siyosat idorasi bayonotida.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini ma'qullab chiqqandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish