Jamiyat | 21:58 / 23.08.2017
8734
3 daqiqa o‘qiladi

Quvasoy shahrida “Nabiramga bir kitob” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan Quvasoy shahar “Yoshlar” bog‘ida shahar hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Ma'naviyat targ‘ibot markazi”, Madaniyat bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘limlari, XTMFMTTEB, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Quvasoy shahar Kengashi, O‘zbekiston “Miliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida “Nabiramga bir kitob” xayriya aksiyasi hamda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” festivali o‘tkazildi. Tadbirda 1000 nafardan oshiq shahar aholisi ishtirok etdi. Yoshlar bog‘ida aksiyaga tashrif buyurgan bolajonlar uchun bepul muzqaymoqlar tarqatilishi bilan birga faoliyat ko‘rsatayotgan attraksionlar bepul xizmat ko‘rsatishi tashkil etildi. “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi homiyligida kitobxon bolajonlar uchun sovg‘a sifatida 3 mln.so‘mlik, jami 500 ta kitob tarqatildi. Shuningdek, shu kuni tadbir o‘tkazish joyida maktab va kitob yarmarkalari tashkil etildi. 

Ko‘p millatli hisoblangan Quvasoy shahri aholisi, ayniqsa, “O‘zbekiston umumiy uyimiz” festivali doirasidagi viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 7 ta milliy madaniy markazning badiiy chiqishlarini mamnuniyat bilan kutib olishdi. Tadbirning badiiy qismida o‘zbek, rus, tatar, tojik, qirg‘iz, koreys, yahudiy milliy qo‘shiqlari va raqslari professional tarzda ijro etilib, aholiga bayram kayfiyati va millatlararo totuvlik, tinchlikka shukronalik hissiyoti ulashildi. Bundan tashqari, shahar aholisi va mehmonlar uchun turli millatlarni o‘z milliyligini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etilib, tadbir ishtirokchilari milliy taomlar va pishiriqlar bilan siylandi.

Kontsert dasturi doirasida, tashkilotchilar tomonidan, “Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tarbiyalash davr talabi”, “Yoshlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasalarning ahamiyati” va “Biz yagona yurt farzandlarimiz” mavzularida qisqa ma'ruzalar qilindi.

Mavzuga oid