Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyati fosh etildi
2017 yilning 19 avgust kuni taxminan soat 22:00 da, Akrom Ashrabov Shayxontohur tumani, Gulobod dahasidagi salqin ichimliklar savdosi amalga oshiriladigan joyda bo‘la turib, fuqaro Rixsivoy Muratov (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, unga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada u “ko‘krak qafasi sohasida ko‘plab sanchilgan-kesilgan jarohatlar, ichki qon ketishi” tashxisi bilan birinchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Biroq, R.Muratov olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
15:27 / 10.03.2026
Onaning tushi orqali ochilgan Qo‘qondagi qotillik ishida hukm o‘qildi
15:41 / 23.02.2026
Samarqandda uka o‘z akasini ov qurolida otib o‘ldirib qo‘ydi
11:34 / 19.02.2026