Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Pxenyan bilan yarashish yo‘llarini izlamoqda
Janubiy Koreya hukumati muloqot kanallarini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish orqali KXDR bilan yarashishga harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqida 23 avgust kuni Janubiy Koreya uyushma vaziri Cho Myon Kyon prezident Mun Chje Inning tashqi siyosiy masalalarga bag‘ishlangan brifingida ma'lum qildi.
"Ikki Koreya o‘rtasidagi yechilmagan muammolarni yengib o‘tish uchun hukumat mamlakatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi, harbiy muzokaralar va ajratilgan oilalarni birlashtirish masalasiga doir muzokaralar ham shular jumlasidandir", - deya vazirning so‘zlarini keltiradi Yonhap agentligi.
"Janubiy Koreya shoshilinch gumanitar yordam masalalari, shuningdek Shimolda qo‘lga olingan kishilar masalalarini hal qilish bilan bir qatorda Shimoliy Koreya fuqarolari duch kelayotgan vaziyatni yaxshilash uchun ham insonparvarlik yordami ko‘rsatishga harakat qiladi", - qo‘shimcha qildi u.
Iyun oyida Seul Koreya yarim orolidagi ziddiyat darajasini pasaytirish maqsadida Pxenyanga ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida muzokaralar boshlash, shuningdek 1950-1953 yillardagi urush natijasida ajralgan oilalar uchrashuvlarini qayta tiklashni taklif qilgandi. Pxenyan bu murojaatlarni butkul rad etgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026