Jahon | 09:40 / 24.08.2017
7715
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi yadroviy qanotli raketa yaratishga buyurtma berdi

Illyustrativ foto

AQSh harbiy-havo kuchlari AQShning strategik qurol-aslahasi uchun yangi yadroviy qanotli raketa yaratish bo‘yicha Lockheed Martin va Raytheon mudofaa korporatsiyalarining har biri bilan 900 mln dollarlik shartnomalar tuzdi. Bu haqda Pentagon xabariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ikkala kompaniyada yangi raketaning prototipini yaratish uchun 4,5 yil vaqt bo‘ladi. Yaratiladigan raketalar qiyosiy tahlil qilingandan keyin, yo Lockheed Martin, yo Raytheon bilan yangi raketani ishlab chiqarish bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Bu raketalar ehtimoliy raqib havo hujumiga qarshi vositalari nishonga ura olmaydigan hududlar uchun mo‘ljallangan.

AQSh HHK hammasi bo‘lib bunday raketadan ming donacha sotib olmoqchi. Dastur qiymati 10 mlrd dollarni tashkil qiladi. Yadroviy kallak bilan hamma raketalar ham jihozlanmaydi, ulardan bir qismi sinovlar o‘tkazishda qo‘llaniladi hamda zaxirada saqlanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid