Jahon | 23:23 / 24.08.2017
4734
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada bir kun ichida ikkinchi kema cho‘kib ketdi

Foto: Apostrof

Braziliya shimoli-sharqida yo‘lovchi kemasining falokatga uchrashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Hammasi bo‘lib kema bortida 130 kishi bo‘lgan. 21 kishi qutqarib qolingan, qolganlar qidirilmoqda.

Kema mahalliy vaqt bilan soat 6:30da, yo‘lga tushgandan yarim soat o‘tib Todus-us-Santros bo‘g‘ozida cho‘kib ketgan.

Bundan avvalroq Braziliya shimolida yo‘lovchi paromi kuchli shtorm vaqtida Shingu daryosida cho‘kib ketgandi. Kema bortida bo‘lgan 70 kishidan 25 nafarigina qutqarib qolingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid