Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampni xalqaro savdoga zarar yetkazayotganlikda aybladi
Xitoy tijorat vazirligi vakili Gao Fenning bayonot berishicha, AQSh XXRga nisbatan tergov olib borishda ichki qonunchilikdan foydalanishi «xalqaro savdo tizimini buzadi va Xitoy hamda AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi». CNN telekanali shu haqda xabar qilmoqda.
Avvalroq, AQSh savdo vakili Robert Laytxazer Xitoyga nisbatan tergov ishlari boshlanganini ma'lum qilgan edi. Bunga Xitoy tomonining Amerika texnologiyalari va intellektual mulkini o‘g‘irlagani haqidagi da'volar sabab bo‘ldi.
Amerika qonunchiligiga ko‘ra, prezident Tramp shu holatdan kelib chiqqan holda Xitoydan Qo‘shma Shtatlarga keltiriladigan mahsulotlarga to‘lovlarni joriy qilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026