Jahon | 07:45 / 24.08.2017
4444
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar elchisi Eronga qaytadi

Foto: RIA "Novosti"

Qatar hukumati Eronga o‘z elchisini qaytarayotganini e'lon qildi. U o‘tgan yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining Tehron va Mashhaddagi diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirilganiga norozilik sifatida chaqirib olingan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

"Bugun Qatar davlati, uning elchisi o‘z diplomatik majburiyatlarini ado etishi uchun Tehronga qaytishi haqida e'lon qildi", — deyiladi amirlik TIV bayonotida. Hujjatda ta'kidlanishicha, Qatar hukumati Eron bilan barcha sohalarda "ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishiga umid bildiradi".

Qatar o‘tgan yil yanvar oyida Erondagi elchisini chaqirib olgandi. Bunga Saudiya Arabistonida 47 nafar shia yetakchilari, xususan, Nimra an-Nimraning qatl etilishiga norozilik sifatida podshohlikning Erondagi diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirilgani sabab bo‘lgandi. Tehron oliy jazo ijrosini keskin tanqid qilgan, namoyishchilar Tehrondagi Saudiya elchixonasi, Mashhaddagi konsullik binolariga hujum qilishgan. 

Shu voqea sabab, Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr Eron bilan diplomatik munosabatlar uzilganini e'lon qildi. Ar-Riyod qaroridan so‘ng, Bahrayn, Sudan va Jibuti ham shunday yo‘l tutishgan. BAA diplomatik munosabatlar darajasini tushirdi, Kuvayt ham elchisini chaqirib oldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid