Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda bezorilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Fotolia / Nomad_Soul
Qonliko‘l tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan bezorilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2017 yil 21 avgust kuni soat 00:30da Qonliko‘l tumani “Qonliko‘l” OFY xududida joylashgan “Xabibulla Rajabboy” fermer xo‘jaligida, Qonliko‘l tumani G‘arezsizlik ko‘chasida yashovchi “Xabibulla Rajabboy” fermer xo‘jaligida ishchisi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro N.T. va “Qonliko‘l” OFYda yashovchi “Xabibulla Rajabboy” fermer xo‘jaligida ishchisi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro T.N.lar Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Namuna ovulida yashovchi, “Xabibulla Rajabboy” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A.ni qo‘llari bilan urib, tan jarohatini yetkazgani aniqlanib, ushlandi.
Qonliko‘l tuman IIB tomonidan fuqarolar N.T. va T.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:18 / 04.03.2026
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
19:33 / 24.02.2026
Sho‘rchidagi voqea: apellyatsiya sudi qotillikni bezorilikka o‘zgartirdi
19:53 / 23.02.2026
Jizzax viloyatida ikkita Cobalt Hyundai’ni to‘xtatdi. Haydovchi va yo‘lovchilar kaltaklangan
22:21 / 30.01.2026