Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Mirziyoyevni tabrikladi
O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari qutlov maktublarini o‘zaro almashdilar. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning maktubida shunday deyiladi: “Sizni Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan muborakbod etaman”.
Poroshenkoning umid bildirishicha, “chorak asrlik teng munosabatlar tarixi davlatlarimiz o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun ishonchli asos sanaladi”.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘z maktubida ta'kidlashicha, “o‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an'anaviy do‘stona munosabatlar o‘zaro hurmat, manfaatlarni hisobga olish va tushunish ruhida izchil rivojlangan va mustahkamlanib borilgan”.
O‘zbekiston rahbarining qayd etishicha, “O‘zbekiston-Ukrainaning o‘zaro manfaatli hamkorligi, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada, mamlakatlarimiz xalqlarining farovonligi uchun bundan keyin ham kengayadi va chuqurlashib boradi”.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026