Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Fransiya Iroqqa 430 mln yevro ajratadi
Fransiya 2017 yil davomida Iroq hukumatiga 430 mln yevrolik kredit ajratadi. Bu haqda AFP axborot agentligiga Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian atrofidagi manba ma'lum qilgan. Le Drian 26 avgustda Bag‘doddga kelgan.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Le Drian Bag‘dodga moliyaviy yordam berish masalasini Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan muhokama qilgan. Le Drian muzokaralar davomida Al-Obodiyga mablag‘lar joriy yil oxirigicha ajratilishiga va'da bergan. Bu mablag‘lar avvalambor Iroq hukumati tomondan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
“Fransiya IShIDga qarshi kurashning boshidan beri Iroqda bo‘lgan. U hozirda boshlanayotgan tinchlikning qurilishi bosqichida ham bu yerda bo‘ladi”, deb aytgan Le Drian uchrashuvda.
Le Drian, shuningdek Al-Obodiyga Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning uning Parijga kelishi taklifini yetkazib qo‘ygan.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026