Jahon | 08:07 / 26.08.2017
8280
1 daqiqa o‘qiladi

Bukingem saroyi yonida politsiyachilarga machete bilan hujum qilindi

Foto: Reuters

Londonda Britaniya qirolichasi qarorgohi – Bukingem saroyi yonida noma'lum erkak ikki politsiyachiga machete bilan hujum qildi. Skotland-Yardning ma'lum qilishicha, zobitlar kichik jarohatlar olishgan.

Erkak qo‘lga olingan. Unga huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilish va og‘ir tan jarohatlari yetkazish aybi qo‘yilmoqda.

Bundan avvalroq Bryussel markazida machete bilan qurollangan erkak harbiylarga hujum qilgani ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid