Sport | 18:23 / 26.08.2017
5774
2 daqiqa o‘qiladi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Konfederatsiyalar kubogini almashtiradi

Foto: Reuters

Xitoyda 2021 yilda klublar o‘rtasidagi yangi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. U FIFA g‘oyasiga ko‘ra Konfederatsiyalar kubogini almashtirishi lozim, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, har to‘rt yilda o‘tkaziladigan va iyunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan musobaqada 24 klub qatnashadi. Ular har birida uchtadan bo‘lgan sakkiz guruhga bo‘lib tashlanadi. Birinchi o‘rinni egallagan klub chorak finalga chiqadi. Musobaqada Yevropadan 12 jamoa, Janubiy Amerikadan beshta, Afrika, Osiyo hamda Shimoliy Amerikadan ikkitadan klub qatnashadi. Taxminlarga ko‘ra, yana bir yo‘llanma uchun Okeaniya va boshqa konfederatsiya vakili kurash olib boradi.

Yevropadan YeChLning so‘nggi to‘rt g‘olibi, so‘nggi to‘rt finalchisi va UYeFAning eng yaxshi koeffitsiyentiga ega yana to‘rt jamoasi o‘z kuchini sinab ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid