Jahon | 01:11 / 28.08.2017
4520
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada joriy yildagi yuzinchi politsiyachi o‘ldirildi

Braziliyada jinoyatchilikning eng yuqori darajasi qayd qilingan Rio-de-Janeyroda 2017 yil boshidan beri mamlakatdagi yuzinchi politsiyachi o‘ldirildi. Bu haqda Jornal do Commercio nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 2016 yilda Braziliyada 146 politsiyachi o‘ldirilgan. Ulardan  yuz nafardan ko‘prog‘i ish vaqtidan bo‘sh vaqtlarida o‘ldirilgan. Mutaxassislarning baholashicha, 1995 yildan boshlab Braziliyada politsiya 3 mingdan ko‘proq xodimini yo‘qotgan.

“Biz shunchaki raqamlarmasmiz. Biz fuqarolar va qahramonlarmiz”, deb aytgan Rio politsiyasi boshlig‘i.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid