Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari ma'lum qilindi
Foto: Fotolia / jorisvo
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini diplomatik missiyalar rahbarlari uchun rejali uchrashuvning ochilishi vaqtida YeIning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida aytib o‘tdi.
U Yevroittifoq tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida mudofaa siyosati, terrorizm va ekstremizm bilan kurashni tilga oldi, deb xabar qilmoqda TASS.
Shuningdek, ro‘yxatga migratsiya, Bolqon yarim orolini barqarorlashtirish, xalqaro munosabatlar tizimini mustahkamlash ham kirdi.
«Biz uchun ko‘p millatli va ko‘p tomonlama tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishdir. Bugun ularga asoslangan tizim turli tomonlardan zarba ostida qolgan, ularni ma'lum qilmayman. Bu tizim iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini amalga oshirish, shuningdek, KXDRdan tortib Ukrainaga qadar bo‘lgan barcha inqirozlarga yechim topish uchun juda muhimdir», - deya ma'lum qildi u.
Shu bilan birga, Rossiya bilan munosabatlar va ushbu davlatga qarshi sanksiyalar masalasi hattoki tilga ham olinmagan.
Avvalroq, Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg Yevropa Ittifoqi NATOsiz kun ko‘ra olmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025