Jamiyat | 17:11 / 28.08.2017
6719
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada giyohvandfurush qo‘lga olindi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilayotgan “Kompleks” tezkor profilaktik tadbirlar davomida ko‘plab jinoyatlar fosh etilmoqda. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

O‘tgan davr mobaynida olib borilgan tezkor – qidiruv tadbirlar natijasida 16 ta jinoiy holati aniqlandi.

Marg‘ilon shahrilik Akmal Amanbayev maxsus xaridorga 160.000 so‘m pul evaziga ikki gramm gashish giyohvand moddasini sotayotgan vaqtida ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va kelgusida tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olindi.

Dang‘ara tumani, Qizilmusht qishlog‘ida, Qo‘shtepa tumani, “Langar” mahallasida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan Aminjon Yusupovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, tomorqasida 10 tup nasha giyohvand o‘simligini qonunga xilof ravishda parvarishlab yetishtirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, xonadon cherdagida 12 dona karton qutilarga joylangan to‘rt kilogramm marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi ham aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi. Ayni kunlarda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid