Jahon | 10:11 / 28.08.2017
6603
1 daqiqa o‘qiladi

WP: Tramp Moskvada Trump Tower’ni qurmoqchi bo‘lgan

Foto: Wikimedia

AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik kampaniyasi vaqtida Moskvada Trump Tower’ni qurish harakatida bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Washington Post manbalarga asosan.

Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, asli kelib chiqish rossiyalik bo‘lgan amerikalik tadbirkor Feliks Seter Trampga Moskvaga kelish hamda loyihani muhokama qilishni taklif qilgan.

Ta'kidlanishicha, qurilish kompaniya tegishli ruxsatnomalarni ololmagani tufayli boshlanmagan.

Oq uy vakillari va Trampning huquqshunoslari izoh berishdan bosh tortishgan.

Avvalroq The Washington Post nashri Trampning maslahatchisi 2016 yilda Putin bilan uchrashuvni tashkil etish taklifi bilan chiqqani haqida yozgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid