AQŞ prezidenti Donald Trampning maslahatçisi – Jorj Papadopulos 2016 yilda, saylovoldi kampaniyasining eng boşida milliarderga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv taşkillaştirişni taklif qilgan. Bu haqda The Washington Post naşri yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, Trampning saylovoldi ştabi vakillari turli darajalarda deyarli har hafta “ruslarning ular bilan uçraşiş böyiça sa'y-harakatlarini” muhokama qilişgan.
Xususan, Papadopulos 2016 yilning martidan Trampning Putin bilan uçraşuvini taşkillaştirişga doir qator elektron maktublar yozgan.
Ta'kidlanişiça, uçraşuv amalga oşmagan, sababi unga Tramp saylovoldi jamoasining qator yuqori mansabli vakillari qarşi bölgan.
Tramp va Putinning hozirça birinçi va yagona bölib turgan rasmiy uçraşuvi iyul oyida Hamburgdagi G20 sammitida ötkazilgan.












