Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMT Bosh Assambleyasidagi o‘z delegatsiyasi sonini kamaytiradi
AQSh BMT Bosh Assambleyasidagi o‘z delegatsiyasi sonini avvalgi yillar bilan taqqoslaganda bir necha yuz kishiga kamaytiradi. Bu haqda Politico nashri manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Amerika hukumati odatda sessiyaga mingdan ortiq kishini yuboradi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bunday qaror Davlat departamenti rahbari Reks Tillersonning o‘z idorasi byudjyetini kamaytirish istagi bilan bog‘liq. Davlat kotibi yordamchilarining ma'lum qilishicha, Bosh Assambleyaga borishni istovchilarning nomzodlari ma'qullanishi kerak, «ma'qullanishni esa ko‘plar ololmaydi».
Qayd etilishicha, Davlat departamentining ba'zi bo‘limlariga o‘z vakillarini yuborish taqiqlandi.
Avvalroq Rossiya BMT Bosh Assambleyasida kiberxavfsizlik masalasini ko‘tarmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026