Rossiya sentabr oyidagi BMT Boş Assambleyasida kibermakonda özini tutiş qoidalari masalasini kötarmoqçi.

Bu haqda «Izvestiya» naşriga Rossiya prezidentining axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlik böyiça maxsus vakili Andrey Krutskix ma'lum qildi.

«Boş Assambleyada bu mavzu albatta muhokama etiladi. Biroq BRIKS yiğiladigan sentabr oyining birinçi haftasida juda muhim qaror qabul qilinadi. U yerda ança qiziq takliflar böladi. Özini tutiş qoidalaridan heç kim voz keçayotgani yöq. Biz ularni amalga oşiriş ustida işlarni davom ettirmoqdamiz», - dedi u.

Uning ta'kidlaşiça, BRIKS, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti va Şanxay hamkorlik taşkiloti iştirokçilari kibermakondagi qoidalar «aniq» bölişini istaşmoqda. Bu jarayonga BMTni ham jalb qiliş rejalaştirilgan.

«Bu mavzuga ehtiyoj bor hamda u katta e'tiborda», - deya ta'kidlab ötdi Krutskix.

Avvalroq Mintaqaviy aksilterror tuzilma Ijroiya qömitasi direktori Yevgeniy Sisoyev kibermaydonlar xalqaro terrorçi taşkilotlarning öz maqsadlariga erişiş uçun qulay imkoniyatlar yaratayotgani haqida ma'lum qilgandi.