Oq uy: KXDR bo‘yicha barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan navbatdagi ballistik raketa uchirilganiga munosabat bildirdi.
«Jahon KXDRning so‘nggi xabarini aniq tushundi: bu rejim o‘z qo‘shnilari, BMTning barcha a'zolarini hurmat qilmasligini, shuningdek, o‘zini tutish bo‘yicha xalqaro qoidalarining minimal standartlariga ham mos kelmasligini ko‘rsatdi», - deyiladi Oq uy bayonotida.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, muammoga yechim topish bo‘yicha barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda.
«Qo‘rqituvchi va beqarorlashtiruvchi harakatlar faqatgina mintaqa hamda jahonning boshqa davlatlari o‘rtasida yakkalanishni kuchaytiradi. Barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda», - deya ta'kidlanadi xabarda.
Avvalroq Lavrov Rossiyaning KXDR bo‘yicha pozitsiyasini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:30
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024
Tramp Harrisning debat o‘tkazish haqidagi taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024