Jahon | 18:55 / 29.08.2017
4962
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp «Harvi»dan zarar ko‘rgan Texas shtatiga jo‘nab ketdi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Harvi» dovulidan ziyon ko‘rgan Texas shtatiga jo‘nab ketayotgani haqida ma'lum qildi.

«Texasga jo‘nab ketmoqdaman!» - deya yozgan Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Avvalroq Tramp «Harvi» dovuli sababli Texas shtatida favqulodda tabiiy ofat tartibini joriy qilgandi.

Shuningdek, OAV «Harvi» tufayli 6 kishidan iborat oila halok bo‘lgani haqida xabar berdi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid