AQŞ prezidenti Donald Tramp "Harvi" töfoni sababli Texas ştatida favqulodda tabiiy ofat tartibini joriy qildi. Bundan közlangan maqsad zarurat paydo bölsa zudlik bilan federal yordam berişni yölga qöyişdir. 

"Men Texas ştati gubernatori söroviga muvofiq, tabiiy ofatni e'lon qilişga doir hujjatni imzoladim. Bu federal hukumat yordamini töla körinişda ta'minlaydi", — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.

Prezident bundan avval dovul qurşab olgan tumanlardagi aholini mahalliy hokimiyat organlari tavsiyalarini sözsiz bajarişga va xavfsizlikda qolişga çaqirgan edi. 

"Harvi" dovuli allaqaçon 4 darajaga yetib, Texas sohillarida hukmini ötkazayotgani xabar qilingan edi. Uning tezligi soatiga 210 kmni taşkil etmoqda. U Port-Aranzas şaharçasiga talofat yetkazişga ulgurgan.