Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevropadan katta qadamlar bilan uzoqlashib borayotgani aytildi
Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunkerning fikricha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevroittifoq mamlakatning YeIdagi a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni vaqtinchalik to‘xtatishini xohlaydi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Yunkerning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Yevropadan katta qadamlar bilan uzoqlashib bormoqda.
Uning fikricha, Erdo‘g‘an Yevropa Turkiyaning YeIdagi a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqishidan umid qilmoqda. U «buning uchun mas'uliyatni Turkiyaga emas, balki faqatgina Yevropa ittifoqi bo‘yniga yuklash» niyatida.
Avvalroq Germaniya TIV rahbari Turkiya Erdo‘g‘an vaqtida YeI tarkibiga kirmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026