Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV rahbari: Turkiya Erdo‘g‘an vaqtida YeI tarkibiga kirmaydi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriyel Turkiyaning qachon YeI a'zosi bo‘lishi xususida bayonot berdi. Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an davrida YeI a'zosi bo‘lmaydi, degan vazir Bild nashriga bergan intervyusida.
«Bu bizning ularni xohlamayotganimizni anglatmaydi, ammo Turkiya hukumati Erdo‘g‘an boshqaruvida Yevropa himoya qilayotgan narsaning ziddi tomon juda tez harakat qilmoqda… Turkiya hozirgi holatida YeI a'zosi bo‘lmasligi mutlaq aniq», — degan Zigmar Gabriyel.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Germaniyadagi turklarni GFR kansleri Angela Merkelga do‘stona kayfiyatdagi partiyalarga ovoz bermaslikka chaqirar ekan, ularni «Turkiya dushmanlari» deb atagan edi.
Zigmar Gabriel esa, Erdo‘g‘an so‘zlarini mamlakat suverenitetiga aralashuv deb baholagandi.
Bunga javob Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Zigmar Gabrielga «o‘z joyini bilishni» tavsiya qilgan edi.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026