Jahon | 14:44 / 30.08.2017
5068
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriyadagi o‘rmon yong‘inlariga yo‘ldan adashib qolgan sayyoh sabab bo‘lgani aniqlandi

Foto: vijesti.me

Chernogoriya janubida, Bar shahri yaqinidagi o‘rmonda kuchli yong‘in davom etmoqda. Ma'lum qilinishicha, yong‘in chiqishiga o‘rmonda adashib qolgan polshalik sayyoh sababchi bo‘lgan. Bu haqda Bar himoya xizmati boshlig‘i Velizar Chajyenovich ma'lum qildi

Uning aytishicha, yong‘in o‘chog‘i Shushan qishlog‘i yaqinidagi shunday nomdagi tepalikda bo‘lgan. Sayyoh adashib qolib, uni qutqaruvchilar tezroq payqashlari maqsadida tepalikda olov yoqqan. 

Biroq qurigan o‘t va kuchli shamol signal olovini tabiiy fojiaga aylantirgan. Chernogoriya hukumati yong‘inni bostirishda qo‘shni Xorvatiyadan yordam so‘rashiga to‘g‘ri kelgan. Yong‘inni o‘chirishda mamlakat ichki ishlar vazirligining vertolyotlari qatnashadi.

Sayyohning taqdiri haqida hech narsa ma'lum emas. Chajyenovichning ta'kidlashicha, vaziyat juda jiddiyligicha qolmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid