Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev biznes-ombudsman to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 14 avgustda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma'qullangan.
Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil mansabdor shaxs bo‘lib, u tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini, mazkur huquklar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishini ta'minlaydi.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tayinlanish kuni o‘ttiz yoshga to‘lgan, oliy ma'lumotli, davlat tilini biladigan, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatda yoxud tadbirkorlik faoliyatida tajribaga ega bo‘lgan, bevosita tayinlanishidan oldin kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil etib tayinlanishi mumkin.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘zining siyosiy partiyaga a'zoligini o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda to‘xtatib turishi yoki tugatishi shart. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Qonun ko‘ra, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining davlat organlari tomonidan og‘ishmay ijro etilishini o‘rganish, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshirish, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar e'lon qilish, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini, aloqa vositalari va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zgatilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:23
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49
Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun kutilmoqda
12:40