Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya uchun eksport bo‘yicha eng istiqbolli yo‘nalish deb topildi
O‘zbekiston Rossiya uchun istiqbolli bo‘lgan eksport yo‘nalishlarining yangilangan reytingida yetakchiga aylandi. Rossiya eksport markazi renkingni tuzgan.
O‘zbekiston Rossiya uchun istiqbolli bo‘lgan yo‘nalishlar renkingida birdaniga yetti pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Rossiya eksport markazining ta'kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya bilan savdo ittifoqlarida ishtirok etishi, erkin savdo rejimi, Rossiya eksporti tovar tuzilmasining mamlakat importi tuzilmasiga mosligi, shuningdek, YaIMning o‘sish sur'atlari tufayli yetakchiga aylangan.
O‘zbekiston Rossiyadan import bo‘yicha 32-o‘rinda, xomashyo bo‘lmagan import hajmi bo‘yicha esa – 21-pog‘onada (2016 yilda 1,6 dollarga teng bo‘lgan) turadi.
Polsha renkingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Germaniya, Turkiya va Hindiston top-5ga kirdi. Qozog‘iston yangi renkingda 7-pog‘onani egalladi, Tojikiston – 17, Qirg‘iziston – 20 va Turkmaniston – 51-o‘rinda.
Mavzuga oid
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026