Sport | 01:03 / 30.08.2017
18482
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreya terma jamoasi yetakchisi O‘zbekistonga qarshi o‘ynay olmasligi mumkin
Janubiy Koreya terma jamoasi sardori, «Suonsi» yarim himoyachisi Ki Son Yon hal qiluvchi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmasligi ehtimoli yuqori.
Wales Online’da yozilishicha, «Suonsi» vakillari futbolchining terma jamoa o‘yinlariga tiklanib ulgurishiga ishonishmayapti.
Futbolchi yoz bo‘yi tizzasidan olgan jarohatdan davolandi va APL o‘yinlarida maydonga tusha olmadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi uni hal qiluvchi o‘yinlar oldidan terma jamoaga jalb qilgan va Ki ayni pallada koreyalik shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Ki Son Yon Janubiy Koreya terma jamoasining sardori va yetakchisi sanaladi. U jamoa safida 93 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol kiritgan.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024