Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev oktabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yuborgan qutlovida aytiladi.
Erdo‘g‘anning qayd etishicha, “diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 25 yilligiga to‘g‘ri kelgan 2017 yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollashdi”.
“O‘tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimiz bu jihatdan burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda. Ishonamanki, shu yil oktabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb yozadi Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
17:32
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026