O‘zbekiston | 19:44 / 01.09.2017
6385
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Imperatori va Ozarboyjon prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: President.uz

O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ularda davlat rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan. 

Xususan, Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning maktubida shunday deyiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 

Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

Sizni va Sizning timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘zim va Ozarbayjon xalqi nomidan samimiy muborakbod etaman. 

Qardosh O‘zbekistonning mustaqillik va davlatchilikni mustahkamlash yo‘lidan dadil borayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat sohalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari bizni g‘oyat quvontiradi. 

Ozarbayjon va O‘zbekistonni azaldan do‘stlik va hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. O‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan munosabatlarimiz xalqlarimiz irodasi bilan bundan buyon ham rivojlanib, yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman. 

Muhtaram Shavkat Miromonovich, fursatdan foydalanib, Siz va barcha O‘zbekiston musulmonlariga muborak Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tilaklarimni yo‘llayman. Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lida davlat rahbari lavozimidagi mas'uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. 

Hurmat bilan, 

Ilhom Aliyev,
Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti”

* * *

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

Yaponiya Imperatori Akixito 

Ummon Sultoni Qobus bin Said 

Shvetsiya Qiroli Karl Gustav XVI 

Vengriya Prezidenti Ader Yanosh 

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuong 

Yaponiya hukmron Liberal-demokratik partiyasi Bosh kotibi Toshixiro Nikai 

Yevropa parlamenti deputati Fulvio Martushello 

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid