Jahon | 13:47 / 01.09.2017
8583
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov AQShning harakatlarini «breyk-dans» deb atadi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Moskva AQSh bilan nizo qidirayotgani yo‘q va Amerika xalqiga har doim do‘stona munosabatda bo‘lib qoladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Prezident bir necha marta aytganidek, biz ushbu davlat bilan nizo qidirayotganimiz yo‘q. Amerika xalqiga nisbatan har doim do‘stona munosabatda bo‘lganmiz, hozir ham Rossiya manfaatlariga javob beruvchi sohalarda konstruktiv o‘zaro aloqalarga ochiqmiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti talabalari bilan uchrashuvi davomida.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Moskva ikki tomonlama siyosiy muhit «normal holatda bo‘lishini» istaydi.

«Biroq bilasizki, tango uchun ikki kishi kerak, hozircha, mening fikrimcha, bizning amerikalik sheriklarimiz faqatgina individual breyk-dansni ijro etishmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan Lavrov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya avvalgidek «o‘zaro hurmat asosidagi yondashuvlar» va «murosani topish»ni ilgari suradi.

Avvalroq Oq uy Tramp Putin bilan bosh konsullikning yopilishini muhokama qilmasligi haqida bayonot bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid