Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA «PSJ» transferlari bo‘yicha ish ochdi
Foto: Squawka
UYeFA «PSJ» jamoasi transferlari bilan bog‘liq ish ochdi.
UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Moliyaviy nazorat bo‘yicha tergov palatasi parijliklar klubi faoliyatining moliyaviy feyr-pley qoidalariga muvofiqligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. Ammo, surishtiruv ishlari yakunlanguncha bu ish bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot berilmaydi.
Yozgi transferlar vaqtida «PSJ» «Barselona»dan Neymarni 222 million yevroga xarid qildi. Shuningdek, transferlarning oxirgi kunida «Monako»dan 18 yoshli hujumchi Kilian Mbappe ijaraga olindi.
Shakliy jihatdan Neymar o‘z transfer huquqini sotib oldi, Mbappe transferi esa keyingi mavsumda sotib olish sharti bilan ijaraga olish ko‘rinishida bo‘ldi. Parij jamoasi mavsum yakunlangach, futbolchini 180 million yevroga sotib oladi.
Agar Parij klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topilsa, jamoaga sanksiya qo‘llanadi - bu jarimadan tortib yevrokuboklardan chetlatishgacha bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
23:45 / 06.10.2025