Jahon | 18:29 / 02.09.2017
5576
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston parlamentida bomba borligi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Armaniston Milliy yig‘ilishi binosida bomba joylashtirilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Novosti-Armeniya» agentligi mamlakat FVVning Yerevan shahri boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Armen Badalyanga asosan xabar tarqatgan.

«Xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Binoning barcha joyi tekshirib chiqildi», - deya xabar qildi Badalyan.

Xabar kelib tushgach voqea joyiga qutqaruvchilar va alohida topshiriqlar bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha otryad yetib borgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid