Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frankfurtda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba xavfsizlantiriladi
2 sentabrda Germaniyaning Frankfurt shahri markazida Ikkinchi jahon urushi vaqtida britaniyalik uchuvchilar tomondan tashlangan 1,4 tonnalik HC 4000 bombasini xavfsizlantirish bo‘yicha operatsiya o‘tkaziladi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.
Butun boshli mavzelarni yo‘q qila olishi tufayli urush vaqtida “Blokbaster” deb atalgan bu bomba 29 avgustda Vismar ko‘chasidagi qurilish ishlari vaqtida topilgandi.
Bombani xavfsizlantirishdan avval yaqin atrofda yashovchi 70 ming kishi evakuatsiya qilinadi.
Bombani xavfsizlantirish tushlik vaqtida boshlanadi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, kechki soat 8 ga aholi o‘z uylariga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
08:13 / 22.09.2025
Berlinda Ikkinchi jahon urushi davridagi ikkita bomba topildi
18:19 / 05.09.2025
Olmaota aeroportida hazillashib «atom bombasi» borligini aytgan o‘zbekistonlik jazolandi
20:13 / 03.06.2025