Jahon | 09:16 / 04.09.2017
6893
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston harbiylari NATO mashg‘ulotlariga kelmadilar

Foto: RIA Novosti

Armaniston 3 sentabrda Gruziyada boshlangan ko‘p millatli Agile Spirit 2017 mashg‘ulotlarida ishtirok etmaslikni afzal ko‘rdilar. Gruziya mudofaa vaziri vakili Nino Tolordavaning aytishicha, armanistonlik harbiylar mashg‘ulotlarning rasmiy ochilishiga kelmaganlar. Armanistonning mashg‘ulotlarda yo‘qligi Tbilisini ajablantirgan. Yerevan ushbu holat yuzasidan Tbilisiga hech qanday tushuntirish bermagan. 

“Izohsiz”, deb aytgan Armaniston mudofaa vaziri matbuot kotibi Artsrun Oganesyan.

3-11 sentabr kunlariga belgilangan mashg‘ulotlar NATO bilan hamkorlikda 2011 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Unda Gruziya, Armaniston, Ozarboyjon, Latviya, Ruminiya, AQSh va Ukraina harbiylari ishtirok etishi belgilangan. 

Armaniston Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a'zosi hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid