Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BRIKS yetakchilari KXDRning yadro sinovini qat'iy qoralab chiqishdi
BRIKS davlatlari sammiti davomida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari KXDR rahbariyati tomonidan yadro sinovi o‘tkazilganini qat'iy qoralab chiqishdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovini qat'iy qoralaymiz», - deyiladi birlashma davlatlari rahbarlarining Syamen deklaratsiyasida.
Shuningdek ta'kidlanishicha, yetakchilar «Koreya yarim orolida uzoq vaqt davomida saqlanib turgan yadro muammosi bilan bog‘liq keskinlik pasaymaganidan» chuqur tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Qayd etilishicha, u faqatgina tinch vositalar va barcha manfaatdor tomonlarning muloqoti orqali hal qilinishi mumkin.
Avvalroq Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilari KXDRdan tashvishda ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026