Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilari KXDRdan tashvishda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In telefon muloqoti o‘tkazib, uning doirasida KXDRning so‘nggi yadro sinovini muhokama qilishdi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.
Davlatlar yetakchilari yanada qat'iy javob choralariga, jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi rezolyutsiyasiga erishish haqida kelishib olganlar.
Telefon muloqoti 20 daqiqa davom etgan.
Avvalroq Kyodo agentligi Yaponiya va AQSh yetakchilari bir kun ichida ikkinchi marta Shimoliy Koreyani muhokama qilishgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
10:20 / 30.03.2026