Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng mehmondo‘st mamlakatlari ro‘yxati e'lon qilindi: O‘zbekiston 95-o‘rinda
Foto: "Kun"
Afrikaning Komor orollari davlati dunyoning eng mehmondo‘st mamlakati va hududi deb topildi. Passport Index portali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasi shunday deyishga asos bo‘lmoqda.
U 103 pozitsiyadan iborat reytingni boshqarmoqda. Reyting tuzishda ma'lum bir davlat fuqarolari reytingda ishtirok etayotgan mamlakatga vizasiz bora olishi, yoki borganidan so‘ng vizani rasmiylashtirishi yoxud elektron viza olishi mumkinligiga doir imkoniyati e'tiborga olingan.
Komor orollariga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar uchun yengillashtirilgan tartib amal qiladi. Dunyoning barcha 198 mamlakati u yerga vizasiz borishi mumkin. U bilan birga Kot-d’Ivuar, Gvineya-Bisau, Madagaskar, Maldiv orollari, Mavritaniya, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Mozambik, Samoa, Seyshel orollari, Sharqiy Timor, Togolez Respublikasi, Tuvalu va Uganda ham shu qatorda.
Ikkinchi o‘rinda Kabo-Verde va Dominikan joylashgan. Bu mamlakatlarda 197 davlat fuqarolari uchun yengillashtirilgan viza tartibi joriy qilingan. Yuqori uchlikni Palau yakunlaydi. Bu respublika ko‘rsatkichi 196 davlatdir.
Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Jibuti, Haiti, Makao, Sent-Vinsent va Grenadina, Kamboja, Nepal va Ekvador ham kirgan.
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning 95 o‘rnida Sudan va Tojikiston bilan bir o‘rinda joylashgan. Mazkur uch davlatga 9 davlat fuqarolari vizasiz kela olishadi. Bular, Armaniston, Rossiya, Ozarboyjon, Moldova, Qozog‘iston, Ukraina, Belorussiya, Gruziya va Qirg‘izistondir.
Shu yilning yanvar oyida Passport Index 2017 yilning eng kuchli pasportlari ro‘yxatini e'lon qilgan edi. Unda pasport egasining qaysi mamlakatga vizasiz bora olish imkoniyati taqqoslangandi. O‘shanda O‘zbekiston pasporti 54 davlatga vizasiz borish imkonini berishi qayd etilgan va 67-o‘ringa joylashtirilgandi.
Mavzuga oid
07:33 / 08.04.2026
Reyting: 2026 yilda dunyodagi eng yirik armiyalar
07:32 / 07.04.2026
Osmono‘par binolar poygasi: dunyodagi eng baland 20 ta inshoot
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
08:00 / 03.04.2026