Jamiyat | 15:24 / 05.09.2017
7433
1 daqiqa o‘qiladi

«Oskar» sovrindori Myurrey Lerner hayotdan ko‘z yumdi

«Oskar» mukofoti sovrindori, hujjatli filmlar rejissyori Myurrey Lerner hayotdan ko‘z yumdi. Variety shu haqida xabar berdi

Lerner 90 yoshda o‘zining Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi. O‘lim sababi sifatida buyraklar sohasidagi muammolar keltirilgan.

Myurrey Lerner musiqiy kartinalari bilan mashhur. U Bob Dilan, Jimi Xendriks, The Doors guruhining chiqishlarini tasvirga olgan.

Rejissyor «Maodan Motsartgacha: Isaak Stern Xitoyda» filmi uchun nufuzli «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Lernerning do‘sti va prodyuser Martin Lyuis uni "zamonamizning eng yetuk musiqiy hujjatli filmlar yaratuvchisi" sifatida e'tirof etdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева

Mavzuga oid