Senator ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy YTH soni 3,8 foizga kamaygan, halok bo‘lganlar 4,8 foizga qisqargan, jarohatlanganlar 3,5 foizga kamaygan, piyodalar ishtirokidagi avariyalar 5,8 foizga pasaygan.
Qayd etilishicha, avariyalar dinamikasidagi pasayishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
- YHQga amal qilish madaniyatining oshishi;
- haydovchilarni tayyorlash tizimining yaxshilanishi;
- yo‘l harakatini boshqarishda raqamlashtirishning huquqiy asoslari rivojlanishi.
Avvalroq besh oy ichida YHQni buzganligi uchun 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llangani xabar berilgandi.











