Jamiyat | 11:43 / 05.09.2017
5656
2 daqiqa o‘qiladi

TIQXMMIda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi hamda 2017-2018 o‘quv yili boshlanashi munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida «Talabalikka bag‘ishlov»  tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori O‘ktam Pardayevich Umurzaqov ochib berdi hamda institutga jami 1805 nafar talaba o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma'lumot berib, institut talabasi bo‘lishdek baxtga musharraf bo‘lgan, talabalik qasamyodini qabul qilgan yoshlar, o‘zlari  baralla aytishgandek, o‘z kasbining mohir ustasi, el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish, yurtni sevish va ardoqlash, vatanni ko‘z qorachig‘idek asraydigan yurt farzandlari bo‘lishiga ishonchimiz komil, deya e'tirof etdi. 

«Biz institut jamoasi nomidan ramziy talabalik guvohnomasini tantanavor tarzda qabul qilib olgan talabalarni ulkan yutuqlarning debochasi bo‘lmish talabalik bilan qutlaymiz», deyilgan universitet matbuot xizmati xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid