Jahon | 09:06 / 05.09.2017
4894
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Janubiy Koreyaga «ko‘p milliardlik» qurol aslahalar yetkazib berishni ma'qulladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan o‘tkazgan muloqoti chog‘ida ushbu respublikaga «ko‘p milliardlik» qurollar yetkazib berishni ma'qulladi. Bu haqda Oq uy bayonotida so‘z yuritilgan.

Oq uy ma'muriyatining tasdiqlashicha, Tramp Janubiy Koreyada joylashtiriladigan jangovar kallak vazniga doir cheklovni bekor qilgan. 

«Prezident Tramp Janubiy Koreyaning o‘z raketalariga o‘rnatiladigan jangovar yuklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha tashabbusiga rozilik bildirdi», — deyiladi xabarda. 

Prezident ma'muriyatining qo‘shimcha qilishicha, «Tramp Janubiy Koreyaning AQShdan bir necha milliard dollarlik qurollar va aslahalar olishini ma'qulladi».

Ikki davlat rahbarlari KXDRning navbatdagi yadro sinovlaridan so‘ng o‘zaro muloqot qilishdi. Pxenyan vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid